uz
ru en
«UPAY» To’lov tizimining
Ommaviy ofertasi

«Maroqand» AJ ning ommaviy ofertasi «UPay» savdo belgisi ostidagi to’lov tizimi operatori faoliyatini amalga oshiruvchi rasmiy hujjat (keyinchalik – «UPay» To’lov servisi) hamda ishga layoqatli jismoniy shahslar, UZCARD, HUMOCARD, UNIONPAY, VISA, MASTERCARD, MIR bank kartalari egalariga (keyinchalik – Foydalanuvchi) O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 367 mod. va 369 mod. 2 q. ga asosan «UPay» Elektron to’lovlar universal servisidan foydalanish bo’yicha xizmatlar ko’rsatish shartnomasini (keyinchalik – Shartnoma) tuzish uchun taklif hisoblanadi.

Mazkur Ofertada ko’rsatilgan harakatlarni amalga oshirish jismoniy shahsning mazkur Ofertada bayon etilgan shartlar, tartib va hajmda Xizmatlar ko’rsatish shartnomasini (keyinchalik – Shartnoma) tuzishga roziligining so’zsiz va shartsiz tasdig’i (aksept) hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi Shartnomada ko’zda tutilmagan barcha holatlarni tartibga soladi.

«Maroqand» AJ “To’lov tashkiloti” sifatida faoliyat olib borish huquqi uchun O’zR Markaziy bankining 2020 y. 23 apreldagi 6-sonli lisenziyasiga hamda O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish Vazirligi tomonidan ma’lumotlarni uzatish tizimlarini ishlatish va xizmatlar ko’rsatish uchun 2018 yil 23 avgustda berilgan AA№0006561-ruxsatnomaga ega.


1. ATAMA VA IBORALAR
«UPay» Elektron to’lovlar universal servisi – Foydalanuvchiga tovarlar va xizmatlar uchun onlayn rejimida elektron to’lovlarni amalga oshirish, shaxsiy bank kartalarini boshqarish, bank kartasi orqali pul mablag’lari o’tkazmalarini amalga oshirish, shuningdek amaldagi qonunchilik bilan ta’qiqlanmagan va servis texnologiyalarida ko’zda tutilgan boshqa harakatlarni bajarish imkoniyatini beruvchi To’lov servisidir.

Foydalanuvchi – ishga layoqatli jismoniy shaxs, Shartnoma asosida aksept orqali «UPay» servisiga ulangan UZCARD / HUMO / UNIONPAY / VISA / MASTERCARD / MIR bank kartasi egasi.

Bank kartasi – bank kartasi egasi tomonidan uning bank hisob raqamidagi pul mablag’lari bilan operasiyalarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan to’lovning electron vositasi hisoblanmish naqd pulsiz hisob-kitoblar vositasidir.

Shaxsiy ma’lumotlar — Foydalanuvchi tomonidan Servisdan foydalanish uchun taqdim etilgan, jismoniy shaxsni idtntifikasiyalashga imkon beruvchi axborot.

Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish — shaxsiy ma’lumotlarni yig’ish, tizimlashtirish, saqlash, o’zgartirish, qo’shimcha qilish, foydalanish, uzatish, tarqatish, nomsizlantirish va yo’q qilish bo’yicha harakatlar;

UCoins – Foydalanuvchi shaxsiy kabineti va mobil ilovasidagi hisob raqamiga xarid qiymatidan bir qismini qaytarib berish ko’rinishidagi chegirma.


2. AKSEPTLASH TARTIBI
2.1. Mazkur Ofertani akseptlash Foydalanuvchining «UPay» To’lov servisida ro’yxatdan o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. To’lov servisiga www.upay.uz manzilidagi rasmiy saytda hamda iOS, Android, Web interfeys mobil ilovalari va *850# qisqa raqamiga USSD so’rovlari orqali kirish mumkin.

2.2. Foydalanuvchi mazkur Shartnoma tuzayotib, O’zbekiston Respublikasining «Shaxsiy ma’lumotlar to’g’risida»gi Qonuni (O’zRQ-547 02.07.2019) talablariga muvofiq , «UPay» To’lov servisiga o’z Shaxsiy ma’lumotlari (shu jumladan to’lov hisob ma’lumotlari, uyali telefon raqami, bank kartalari raqamlari, FISh, ro’yxatdan o’tkazish ma’lumotlari, shuningdek ««UPay» To’lov servisi orqali kiriladigan servislardan foydalanish uchun zarur bo’lgan boshqa barcha shaxsiy ma’lumotlar)ga ishlov berish, shu jumladan mazkur Shartnomani bajarish maqsadida avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda yoki bunday vositalardan foydalanmagan holda o’z Shaxsiy ma’lumotlarni yig’ish, qayd etish, tizimlashtirish, yig’ish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o’zgartirish), chiqarib olish, foydalanish, uzatish (tarqatish, taqdim etish, ruxsat berish), nomsizlantirish, bloklash, o’chirish, yo’q qilish bo’yicha harakatlar uchun muddatsiz rozilik beradi. Usbu bilan Foydalanuvchi shuningdek To’lov servisiga mazkur Shartnomani bajarish maqsadida Shartnoma bo’yicha taqdim etilgan har qanday shaxsiy ma’lumotlarni uchinchu shaxslarga taqdim etishiga o’z tomonidan rozilik beradi.

2.3. «UPay» To’lov servisi Foydalanuvchiga O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi talablari shaxsiy ma’lumotlarni oshkor etmaslik Siyosatiga muvofiq Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini oshkor etilmasligini ta’minlash yuzasidan barcha zarur choralarni ko’rishni kafolatlaydi. Foydalanuvchining uning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berish (shu jumladan uchinchi shaxslarga berish)ga roziligi muddatsiz bo’lib, bunda shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berishga roziligi mazkur Shartnomaning 6.3 bandiga muvofiq Foydalanuvchi tomonidan istalgan vaqtda chaqirib olinishi mumkin.

2.4. Foydalanuvchi «UPay» o’zi tomonidan ishlab chiqilgan cookies texnologiyasi va boshqa texnologiyalardan Foydalanuvchi veb-brauzerini Foydalanuvchining «UPay» Servisidagi Hisob ma’lumotlari bilan birlashtirish hamda kelgusida «UPay» Servisiga ulangan saytlar yoki «UPay» To’lov servisi Xizmatlar Ko’rsatuvchilari va Foydalanuvchirining xizmat ko’rsatilishi uchun murojat qilgan hollarda aniqlashi uchun foydalanishinini qabul qiladi.

2.5. «UPay» Servisidan foydalanishni boshlashdan avval mazkur Oferta matni bilan to’liq tanishish zarur. Oferta shartlari butunlay yoki bir qismi ma’qul bo’lmaganda Foydalanuvchi «UPay» Servisidan foydalanmay turishi lozim.


3. SHARTNOMA MAZMUNI
3.1. Mazkur Shartnoma bo’yicha «UPay» To’lov servisi bank kartalari Foydalanuvchilariga tovar va xizmatlar yoki Xizmatlar Ko’rsatuvchilarning ishlari uchun «onlayn» rejimida to’ovlarni o’tkazish uchun «UPay» To’lovым servisidan foydalanish, o’z bank kartalarini boshqarish, bank kartasi orqali «online» rejimida pul mablag’larini qabul qilish yoki jo’natish, shuningdek «UPay» To’lov servisi vazifalovchisi(funksionali)da ko’zda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etadi.

3.2. Foydalanuvchilar uchun «UPay» Servisidan foydalanish bepul.

3.3. «UPay» To’lov servisi Foydalanuvchilarga pullik asosda taqdim qilinadigan servislarga ham ega bo’lishi mumkin. Bunday servislar Foydalanuvchi tomonidan ommaviy oferta bilan tanishganidan so’ng uning hoxishiga qarab mustaqil faollashtiriladi. Foydalanuvchiga Etkazib beruvchilarning tegishli mukofot lozim bo’lgan xizmatlari uchun To’lov o’tkazish imkoniyati taqdim etilgan bir vaqtning o’zida bunday mukofot xizmatlar Etkazib beruvchining foydasiga o’tkazilishi lozim bo’lgan to’lov summasidan tashqari «UPay» To’lov servisining tegishli Interfeysida ko’rsatilgan miqdorlarda ushlab qolinadi.

3.4. Xizmatar Etkazib beruvchining tegishli mukofot lozim bo’lgan Xizmalari uchun To’lov o’tkazilishini Servis doirasidagi har qanday Interfeysi orqali tasdiqlanishi Foydalanuvchi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 370 mod. muvofiq mazkur Shartnoma shsrtlarini to’liq va so’zsiz qabul qilinganligi hisoblanadi.

3.5. Xizmatarni Etkazib beruvchi o’zining Xizmatlari uchun ularni tegishli darajada ko’rsatmagan yoki Xizmatar Etkazib beruvchi tomonidan ko’zda tutilgan boshqa holatlarda mukofot sifatida yechib olingan pul mablag’lari summasi 3.3. b. muvofiq qaytarilmaydi.

3.6. Foydalanuvchi tomonidan «UPay» To’lov servisiga taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish Foydalanuvchi bilan tuzilgan bitim yoki Shartnomalar, shuningdek «UPay» To’lov servisi Sheriklari bilan tuziladigan kelishuvlar doirasida qabul qilingan «UPay» To’lov servisi majburiyatlarini lozim darajada bajarish maqsadlarida amalga oshiriladi, shu jumladan:


4. TOMONLAR MAJBURIYATLARI
4.1. «UPay» To’lov servisi quyidagilarni o’z zimmasiga oladi:

4.1.1. Uchinchi shaxslar ishidagi nosozliklardan tashqari «UPay» To’lov servisining uzluksiz ishlashini ta’minlash;

4.1.2. Shaxsiy ma’lumotlarning butligi va saqlanishini, shaxsiy ma’lumotlarning oshkor etilmasligiga rioya etilishini, shaxsiy ma’lumotlarga noqonuniy ishlov berilishini oldini olishni ta’minlash maqsadida shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish yuzasidan huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni ko’rish majburiyatini oladi;

4.1.3. Foydalanuvchiga o’z Koll-markazi (71 2000085) orqali hamda «UPay» To’lov servisidan mumkin bo’lgan boshqa usullar bilan axborot ko’magini berish;

4.1.4. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari, shuningdek O’zR q’onunchiligiga muvofiq bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor etilmasligini ta’minlash;

4.1.5. «UPay» To’lov servisining tegishli Interfeyslarida mazkur Shartnomadagi o’zgarishlar yoki boshqa ahamiyatli hodisa va yangiliklar haqida, shu jumladan ««UPay» »To’lov servisiga ulangan yangi Etkazib beruvchilar, shuningdek «UPay» To’lov servisiga kiritilayotgan o’zgarishlar haqida axborotni o’z ichiga olgan xabarlarni chop etish.

4.1.6. Foydalanuvchi va Etkazib beruvchi va/yoki boshqa Tomonlar o’tasida vujudga keluvchi nizoli vaziyatlarni hal etishda ishtirok etish.

4.2. «UPay» To’lov servisi quyidagi huquqlarga ega:

4.2.1. Foydalanuvchiga agar usbu harakat yoki harakatsizlik «UPay» To’lov servisining O’zR qonunchiligini yoki mazkur Shartnomani buzishiga olib keladigan bo’lsa, «UPay» To’lov servisi doirasida operasiya o’tkazishda rad tish.

4.2.2. «UPay» To’lov servisi Foydalanuvchisi tomonidan mazkur Shartnoma shartlari yoki amaldagi qonunchilik talablari buzilganda yoki «UPay» To’lov servisi Foydalanuvchisi qaysidir yo’llar bilan firibgarlik operasiyalari yoki jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallahtirish va terrorizmni moliyalashtirish operasiyalariga aloqadorligida gumon etilishi hollari, shuningdek qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa hollarda, «UPay» To’lov servisI sabablarni aniqlastirilgunga qadar bir tomonlama tartibda «UPay» To’lov servisidan foydalanishni vaqtincha bloklash yoki «UPay» To’lov servisiga ma’lum bo’lgan Foydalanuvchining har qanday manziliga yoki «UPay» To’lov servisining tegishli Interfeysiga xabarnoma yuborish orqali Shartnomani bekor qilishga haqli.

4.2. Foydalanuvchi:

4.3. «UPay» To’lov servisi Foydalanuvchini ko’rsatilgan o’zgarishlarni www.upay.uz saytida, axborot xabarlarida, «UPay» To’lov servisi interfeysida chop etish yoki sms-habarlash orqali xabardor qilgan holda mazkur Ofertaga bir tomonlama o’zgartirishlar kiritishga haqli.

5. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
5.1. Tomonlar mazkur Shartnoma shartlarini bajarmagan yoki yetarlicha bajarmaganligi uchun O’zbekiston Respublikasi q’onunchiligiga muvofiq javobgar hisoblanadi.

5.2. «UPay» To’lov servisi Foydalanuvchisi uning tomonidan «UPay» To’lov servisida o’tkaziladigan barcha operasiyalar, To’lov yoki O’razmalarni «UPay» To’lov servisining tegishli Interfeysi orqal o’tkazish haqidagi topshirig’ida ko’rsatilgan axborotning to’g’riligi uchun mustaqil ravishda to’liq javob beradi hamda To’lov yoki O’razmalarni o’tkazish haqidagi topshirig’ida xato ma’lumotlarni ko’rsatgan hollarda «UPay» To’lov servisiga Shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlarini yetarlicha bajarmaganligi sababli hech qanday e’tiroz bildirishga haqli emasdir. Tegishli axborot noto’g’ri ko’rsatilgan holda To’lov yoki O’tkazma tashabbuschisidan yechib olingan mablag’lar qaytarib berilmaydi.

5.3. Foydalanuvchi o’z shaxsiy ma’lumotlarni himoyalanmagan yoki zararlantiruvchi dastur va ilovalar xavfi ostida bo’lgan birikmalarni ishlatuvchi moslamaga kiritgan taqdirda ularning saqlanishi uchun to’liq javobgar hisoblanadi.

5.4. Agarda bunday bajarmaslik Foydalanuvchi tomonidan Shartnoma shartlarini bajarmasligi natijasida kelib chiqqan bo’lsa, «UPay» To’lov servisi Shartnoma shartlarini yetarlisha bajarmaganligi bo’yicha javobgar hisoblanmaydi.

5.5. «UPay» To’lov servisi Foydalanuvchiga xizmatlar Yetkazib beruvchilarning ko’rsatadigan xizmatlarining sifati, shuningdek Foydalanuvchi tomonidan bunday Yetkazib beruvchilardan harid qiladigan xizmatlarni ko’rsatish jarayonida va shu sababli vujudga keluvchi Xizmatlar Ko’rsatuvchilarning Foydalanuvchilar oldidagi majburiyatlari bo’yicha javobgar hisoblanmaydi.

5.6. Foydalanuvchi mazkur Oferta shartlari bilan tanishmagani va (yoki) pullik servislar shartlari, shuningdek ofertalari bilan to’liq tanismagani sababli ularni «UPay» To’lov servisiga faollashtirisda Foydalanuvchida vujudga kelgan har qanday zararlar bo’yicha «UPay» To’lov servisi javobgar hisoblanmaydi.

5.7. «UPay» To’lov servisi Shartnoma shartlarini yetarlicha bajarmasligi uchun, agar bunday ilro etmaslik «UPay» To’lov servisi nazorati doirasidan tashqarida bo’lgan sabablar orqali vujudga kelgan bo’lsa, javobgar hisoblanmaydi. «UPay» To’lov servisi nazorati doirasi «UPay» To’lov servisining o’zining ishlay olish qobiliyati bilan cheklanib, uchinchi shaxslarning aybi bilan yohud davlat yoki sud hokimiyati organlari tomonidan qo’yilgan ta’qiq va cheklovlar natijasida vujudga kelgan ishdagi uzilishlar uchun o’ziga javobgarlikni olmaydi;

5.8. Foydalanuvchi «UPay» To’lov servisi ulangan mobil telefonga kirishdan maxrum bo’lgan holda «UPay» To’lov servisi tomonidan Foydalanuvching uni yo’qotganligi haqidagi arizasi olinmaguncha Foydalanuvchi «UPay» To’lov servisidan foydalanish orqali o’tkazilgan To’lov/O’tkazmalarni qaytarish haqida «UPay» To’lov servisiga talabnoma taqdim etishga haqli emas;

5.9. Foydalanuvchi «UPay» To’lov servisiga ulangan mobil telefon raqamidan, shuningdek uning mobil moslamasiga o’rnatilgan ilova va dasturlar yordamida yoki «UPay» To’lov servisiga kirish imkonini beruvchi Rekvizitlar yordamida Foydalanuvchi nomidan uchinchi shaxslar tomonidan amalga oshirilgan har qanday harakatlar uchun mustaqil ravishda xatarlarni va lavobgarlikni o’z zimmasiga oladi;

5.10. Yo’qotish, o’girlik sodir bo’lganda yoki Foydalanuvchida «UPay» To’lov servisi ulangan mobil (abonent) telefon raqamiga kirish imkoni bo’lmagan boshqa holatlarda Foydalanuvchi uchinchi shaxslar tomonidan «UPay» To’lov servisidan foydalanish bilan bog’liq amalga oshirilgan har qanday harakatlar uchun barcha xatarlarni va lavobgarlikni o’z zimmasiga oladi;

5.11. «UPay» To’lov servisining butun kontentni, dasturiy ta’minotni, vazifalovchini, materiallarni va so’rovnoma sababli taqdim etiladigan mavjud yoki «UPay» To’lov servisi orqali ko’rinadigan axborotni o’z ichiga olgan butun axborot oqimi «boricha», ya’ni o’zgarmas holda, hech qandau olib qo’ish yoki qo’shimchalarsiz taqdim etiladi.

5.12. «UPay» To’lov servisi mazkur Shartnomada ko’zda tutilmagan usullar bilan «UPay» To’lov servisidan foydalangan hollarda «UPay» To’lov servisi doirasidagi xizmatlar yoki kontent, materiallar, axborot va vazifalovchi yoki «UPay» To’lov servisi orqali oshkor etilmaydigan axborotni uzatish bilan bog’liq muhofazani har qanday buzilishi yuzasidan hech qanday ishonchnoma yoki kafolatlarni taqdim etmaydi.

5.13. «UPay» To’lov servisi Foydalanuvchining «UPay» To’lov servisi vositasida Sotuvchidan tovarllar (ishlar, xizmatlar) xaridi qilgani natijasidagi har qanday zarar va yo’qotishlar, cheklanmagan holda foydani yo’qotishdan ko’rilgan zararlar, obro’siga putur yetkazilishi yoki boshqa har qanday ko’rilishi mumkin zararlar, shuningdek «UPay» To’lov servisi vositasida olingan yoki to’langay har qanday tovarlar (ishlar, xizmatlar, axborot, kontent) uchun Foydalanuvchi yoki qaysidir uchinchi shaxs oldida har qanday sharoitda ham javobgar emasdir.

5.14. Har ikki Tomon ham boshqa Tomon mazkur Shartnomada belgilangan javobgarlik cheklovlarini va bu cheklovlar tomonlar o’rtasidagi Kelishuvlarning zaruriy asosi ekanligini tan olgan holda mazkur Shartnomani tuzishini e’tirof etadi, bunda hech qaysi bir Tomon ushbu tomonning ongli nazoratidan tashqarida bo’lgan sharoitlar, shu jumladan hukumat faoliyati yoki terroristik aktlar, zilzila, yong’in, suv toshqini yoki boshqa tabiiy ofatlar, mehnat sharoitlari bilan bog’liq vaziyatlar, ovqatlanishdagi uzilishlar va Internet-ulanishdagi nosozliklardan, lekin usbu sharoitlar bilan chelanibgina qolmagan holda, kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmaslik yoki ushlanib qolishi uchun javobgar bo’lmaydi.


6. SHARTNOMANI BEKOR QILISH
6.1. Foydalanuvchi istalgan vaqtda «UPay» To’lov servisidagi akkauntni o’chirib, Shartnomani bajarishdan voz kechishga haqli.

6.2. Shartnoma akkauntni o’chirilgandan keyin darhol bekor qilingan hisoblanadi. Ushbu Shartnomani bekor qilinishi «UPay» To’lov servisi doiralaridagi pullik servislar bo’yicha Shartnomalarni, agar bunday servislar faollashtirilgan bo’lsa, bekor qilinishini anglatmaydi.

6.3. Foydalanuvchi hi@maroqand.uz. manzili bo’yicha electron pochtaga xat yuborib, shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish uchun roziligini chaqirtirib olishga haqlidir.


7. NIZOLARNI KO’RIB CHIQISH TARTIBI
7.1. Mazkur Shartnomadan kelib chiqqan har qanday nizo tinch yo’l bilan yohud Foydalanuvchining yozma murojaatiga asosan e’tiroz tartibida ko’rib chiqilishi lozim. Murojaatni ko’rib chiqilish muddati va uning mazmuniga qo’yiladigan talablar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan belgilanadi.

7.2. Kelib chiqqan nizo e’tiroz tartibida hal etilmagan taqdirda, u O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida ko’zda tunilgan tartibda javobgar joylashgan joydagi tasarruf ostidagi sudda ko’rib chiqilishi lozim.

7.3. Foydalanuvchilar bilan e’tiroz ishlari va Foydalanuvchilarga texnik ko’mak berish xizmatlari faqatgina so’rovnomalar qabul qilish, ularga ishlov berish va kelib tushgan so’rovnomalarga javob qaytarish yo’li bilan taqdim etiladi. Foydalanuvchilarning so’rovnomalari elektron pochta yoki Shartnomaning 9-bo’limida ko’rsatilgan telefon orqali qabul qilinadi.


8. BOSHQA SHARTLAR
8.1. Tomonlar Shartnomada to’g’ridan-to’gri ko’zda tutilmagan barcha holatlarda O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ish yuritish odatlariga rioya qilgan holda yo’l tutishadi.

8.2. Foydalanuvchi mazkur Ofertani Akseptlash bilan birga Shartnomaning barcha shartlariga o’zining so’zsiz roziligini tasdiqlaydi va uni bajarish majburiyatinini zimmasiga oladi.


9. «MAROQAND» AJ REKVIZITLARI
Manzil: ind. 100164, Toshkent sh,
Yunusobod tumani, Kichik halqa yo'li, 18A uy.
Tel.: +99895 308 85 00
hi@maroqand.uz | support@upay.uz
www.upay.uz

UPayni yuklab Olish